Doha shahrida Qatar va Turkiya vositachiligida Pokiston hamda Afg‘oniston vakillari o‘rtasida o‘tgan muzokaralar yakunida tomonlar zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va barqaror tinchlikni ta’minlash mexanizmlarini yaratish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Orda.kz nashri Qatar Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Pokiston mudofaa vaziri Xoja Muhammad Asif muzokaralar davomida tegishli kelishuv imzolanganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, ikki davlat delegatsiyalari 25-oktyabr kuni Istanbulda uchrashib, qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, 11-oktyabr kuni Pokiston-Afg‘oniston chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab askarlar halok bo‘lgan. “Tolibon” bu harakat Pokiston tomonidan Afg‘oniston havo hududining buzilishi va bozorga berilgan havo zarbasiga javob sifatida amalga oshirilganini bildirgan.
Pokiston esa afg‘on kuchlarini tinch aholini nishonga olishda ayblab, bunga “qat’iy javob” berilishini ma’lum qilgan.
Analitiklar fikricha, mojaroning keskinlashuvi Pokistonni mahalliy “Tolibon” harakatini qo‘llab-quvvatlashda ayblayotgan Afg‘oniston hamda Hindiston o‘rtasidagi diplomatik yaqinlashuv fonida yuz bergan.


