1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda Yangi yil arafasida terakt rejalashtirgan guruh ushlandi — Reuters

Guruhning ehtimoliy nishonlari orasida AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) agentlari ham bo‘lgan.

AQShda Yangi yil arafasida terakt rejalashtirgan guruh ushlandi — Reuters

 

AQShda Yangi yil arafasida terakt sodir etishni rejalashtirgan guruh a’zolari hibsga olindi. Reuters xabariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosining hamkorlikdagi tezkor tadbirlari natijasida Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahrida Turtle Island Liberation Front nomi bilan tanilgan so‘l radikal guruhning to‘rt nafar a’zosi qo‘lga olingan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari Yangi yil bayrami arafasida bir nechta portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, ular so‘l va falastinparast qarashlarga ega bo‘lgan hamda zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan.

 

AQSh Adliya vaziri Pamela Bondining ta’kidlashicha, guruhning ehtimoliy nishonlari orasida AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) agentlari ham bo‘lgan. Rasmiylar holat yuzasidan tergov davom etayotganini va milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilayotganini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика