1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHdan 975 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilinishi mumkin

Yana 14 million o‘zbekistonlik norezident ro‘yxatiga kiritilgan.

AQSHdan 975 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilinishi mumkin

AQSHda 975 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy migrant deportatsiyasi xavfi ostida turibdi. Ular Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) agentligi tizimida deportatsiya to‘g‘risidagi yakuniy qarorni olgan, ammo hozirda hibsda bo‘lmagan 14 million norezident ro‘yxatiga kiritilgan.

 

Fox News‘ning xabar berishicha, ro‘yxatda eng ko‘p fuqarolari bo‘lgan davlatlar qatoriga Gonduras (261 651), Gvatemala (253 413), Meksika (252 044) va Salvador (203 822) kiradi. Xitoy, Gaiti, Venesuela kabi mamlakatlardan ham o‘n minglab odamlar deportatsiya xavfi ostida.

 

AQSH hukumati noqonuniy muhojirlarni qaytarish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelmoqda, taʼkidladi nashr. Xususan, ayrim davlatlar o‘z fuqarolarini qabul qilishdan bosh tortayotgan bo‘lsa (Xitoy, Rossiya, Eron va Kuba kabi 15 davlat), baʼzi shaxslar huquqiy himoya yoki boshpana so‘rash jarayonidan o‘tmoqda.

 

Fox News‘ning yozishicha, 2021 yildan so‘ng deportatsiya hujjatlariga joylashtirilgan migrantlar soni tezlikda o‘sgan va 2023 yilda 3,7 milliondan 7 millionga yetgan. Ularning aksariyati yaqinda chegarani kesib o‘tgan bo‘lsa, baʼzilari AQSHda o‘nlab yillar davomida yashab keladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика