1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Argentinada siyosatchi jonli efir vaqtida vafot etdi

66 yoshli siyosatchi Argentina Kongressida deputat bo‘lgan, joriy saylovlarda yana nomzod sifatida qatnashayotgan edi.

Argentinada siyosatchi jonli efir vaqtida vafot etdi

Argentinaning Misiones provinsiyasida siyosiy teledebat paytida fojeali hodisa yuz berdi. Viloyat qonunchilik organiga nomzod sifatida qatnashayotgan 66 yoshli siyosatchi Ernan Damiani jonli efir chog‘ida yurak xurujiga uchrab, halok bo‘ldi.

 

Hodisa “Dola Blue” telekanalining onlayn efirida ro‘y bergani ma’lum qilindi. Damiani holati og‘irlashgach, darhol shifoxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishmagan.

 

Misiones gubernatori Ugo Passalakva siyosatchining vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. U Damiani faoliyati davomida davlat xizmatiga sodiq bo‘lganini va mamlakat siyosiy hayotida muhim o‘rin tutganini qayd etdi.

 

Telekanal boshlovchilari esa hodisa tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslikni so‘rab, tomoshabinlardan marhumning oilasiga hurmat ko‘rsatishni iltimos qilishdi.

 

Ma’lumot uchun, Ernan Damiani 1990-yillarda Misiones Assambleyasi a’zosi bo‘lgan, 1997–2001-yillarda esa Argentina Kongressida deputat sifatida faoliyat yuritgan. U joriy yilning 26-oktyabrga belgilangan saylovlarda yana nomzod sifatida ishtirok etayotgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика