1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Ukrainaga “Tomahawk” raketalarini bermaydigan bo'ldi

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurollarni topshirish mojaroning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin.

Tramp Ukrainaga “Tomahawk” raketalarini bermaydigan bo'ldi

 AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida “Tomahawk” uzoq masofali raketalarini yetkazib berish taklifini rad etdi.

 

Uchrashuv 17-oktyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurollarni topshirish mojaroning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin. 

 

“Biz mintaqada tinchlik o‘rnatishga intilamiz, raketa hujumlarini ko‘paytirishga emas”, — degan Tramp.

 

Manbalarga ko‘ra, Trampning bu qarori Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan telefon suhbati ortidan qabul qilingan. Suhbatda tomonlar urushni muzlatilgan front chizig‘i holatida to‘xtatish bo‘yicha muhokama olib borgan.

 

Kuzatuvchilarning fikricha, Trampning qarori AQShning yangi tashqi siyosat yo‘nalishini, ya’ni harbiy eskalatsiyani emas, diplomatik muzokaralarni afzal ko‘rishini ko‘rsatmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика