“UzAuto Motors” AJ Asaka zavodida Chevrolet Onix avtomobilini seriyali ishlab chiqarilishdan oldin PPV (Pre-Production Vehicle) bosqichida birinchi Onix avtomobili yig‘ildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yil boshida Chevrolet Onix avtomobilining ommaviy ishlab chiqarilishi boshlanadi.
Onix avtomobilini 18-iyulda ishlab chiqarilishi boshlangan Chevrolet Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin “UzAuto Motors” Сhevrolet Onix avtomobilining qachon ishlab chiqarilishi to‘g‘risida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida Сhevrolet Onix va Chevrolet Traker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.
Сhevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.


