1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstraliyada Yerdagi eng katta meteorit krateri izlari topildi

U Yangi Janubiy Uelsdagi toshlar qatlami ostida ko‘milgan.

Avstraliyada Yerdagi eng katta meteorit krateri izlari topildi

 

Avstraliyalik olimlar Yerdagi eng katta meteorit krateri izlarini topishdi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Denilikvin kraterining diametri 520 kilometrga yetadi. Bu Janubiy Afrikadagi Vredefort krateridan (300 kilometr) sezilarli darajada katta.

 

Maʼlumki, Yer yuzasida meteorit kraterlari asta-sekin yo‘q bo‘lib bormoqda. Buning bir qancha, xususan, eroziya, plitalar tektonikasi, cho‘kindi konlarning to‘planishi kabi sabablari bor.

 

Biroq zamonaviy geofizik texnologiyalar asosida kraterni hatto tosh massasi ostida chuqur joylashgan bo‘lsa ham aniqlash mumkin. Yangi maʼlumotlar olimlarga Yerning asrlar davomida qanday rivojlanganligi va unda qanday halokatlar sodir bo‘lganini yaxshiroq tushunishga zamin yaratadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика