1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BAAda AQSH, Ukraina va Rossiya o'rtasida muzorakaralar o'tkaziladi

Uchrashuv “texnik darajada” o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

BAAda AQSH, Ukraina va Rossiya o'rtasida muzorakaralar o'tkaziladi

 

Rossiya, Ukraina va Qo‘shma Shtatlar vakillari o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Muzokaralar 23–24 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi va “texnik darajada” tashkil etilishi ma’lum qilindi. Bu haqda dw.com nashri xabar berdi.

 

Mazkur uchrashuv Davos shahrida o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida o‘tkazilgan bir qator muhim va keskin uchrashuvlardan so‘ng rejalashtirilgan. Xususan, 22-yanvar kuni tushdan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uzoq kutilgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qariyb bir soat davomida suhbatlashgan.

 

Uchrashuv yakunida Donald Tramp muzokaralarni “yaxshi” deb baholab, “barcha tomonlar urushning yakunlanishini istayotganini” ta’kidlagan. Biroq G‘arb ommaviy axborot vositalari ushbu uchrashuv natijalariga ehtiyotkorona munosabat bildirgan. Xususan, Financial Times nashrining yozishicha, Ukraina tomoni aniq xavfsizlik kafolatlari va urushdan keyingi qayta qurish bo‘yicha majburiyatlarga erisha olmagan. Avval kelishilgan hujjatlar esa imzolanmagan.

 

Shundan so‘ng Vladimir Zelenskiy forum minbaridan nutq so‘zlab, Yevropa davlatlarini ichki kelishmovchiliklar sabab qat’iy pozitsiya yo‘qligida tanqid qildi. U Yevropa hanuz o‘zini mustaqil global kuch sifatida namoyon eta olmayotganini qayd etdi.

 

Zelenskiy, shuningdek, Tramp ilgari surgan “Tinchlik Kengashi” tashabbusini tanqid qilib, Yevropa davlatlari mazkur masalada yagona yondashuvga ega emasligini bildirdi. Ukraina rahbari Rossiya neftini noqonuniy tashiyotgan “soya floti”ga qarshi keskin choralar ko‘rishga va Eron masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi.

 

Muzokaralarning navbatdagi bosqichi sifatida BAAda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda uch mamlakat delegatsiyalari ikki kun davomida ehtimoliy murosaning texnik jihatlarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика