1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“BAR-VIPS” dori vositasi sertifikatlanmagani aniqlandi

Ayni paytda laboratoriyada uning sifati tekshirilmoqda.

“BAR-VIPS” dori vositasi sertifikatlanmagani aniqlandi

 

Oʻzbekiston dorixonlarida ayni paytda sotuvda boʻlgan, “VIPS-MED” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “BAR-VIPS” preparatiing sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” aholini ogʻiz orqali yuborish uchun moʻljallangan suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi “BAR-VIPS” preparatining 520723 seriyasi sertifikatlashtirilmaganidan ogohlantirmoqda. Ayni paytda markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilmoqda.

 

Hozirda Oʻzbekistonda 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritayotgan boʻlsa, bu dorixonalar peshtaxtalarida “BAR-VIPS” preparatining sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi butkul olib tashlanmagan boʻlishi mumkin.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика