Kitoblar nafaqat bilim manbai, balki insoniyat tarixidagi eng muhim madaniy meroslardan biri hisoblanadi. Quyida dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan, millionlab o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilgan 10 ta kitob haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Migel de Servantes. Don Kixot
Bu asar adabiyot tarixida birinchi zamonaviy roman sifatida tanilgan. U Ispaniyaning qashshoq zodagonlaridan biri hisoblanib, o‘zini ritsar deb e’lon qilgan yigit Alonso Kixano haqida hikoya qiladi. Don Kixotning shamollarni ajdaholar deb qabul qilishi, sevgi va adolat uchun kurashishga bo‘lgan intilishi asarni kulgili hamda mazmunli qiladi. Kitob taxminan 500 million nusxada sotilgan.
Charlz Dikkens. Ikki shahar haqida
Charlz Dikkensning 1859-yilda yozilgan bu romani Fransuz inqilobi davrida Londonda va Parijda kechgan voqealarni tasvirlaydi. Hikoyaning markazida ijtimoiy adolasizlik, qurbonlik va sevgi turadi. Sidney Karton ismli qahramonning o‘z hayotini boshqa bir inson uchun qurbon qilishi asarning eng ta’sirli nuqtalaridan biri. Roman 200 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Jon Ronald Ruyel Tolkiyen. Uzuklar hukmdori
Tolkiyenning ushbu trilogiyasi O‘rta Yer deb nomlangan fantastik dunyoda sodir bo‘lib, Sauron yaratgan qudratli Uzuk va uni yo‘q qilish uchun olib borilgan kurash haqida hikoya qiladi. Frodo va uning do‘stlarining sarguzashtlari qahramonlik, do‘stlik va jasorat mavzularini aks ettiradi. “Uzuklar hukmdori” fantastika janrida yangi davrni boshlab bergan, ulkan dunyoqarash va murakkab syujetga ega asardir. Ushbu asar 150 milliondan ortiq nusxa sotilgan.
Antuan de Syent-Ekzyuperi. Kichkina shahzoda
Falsafiy ertak sifatida tanilgan bu asar hayotning asosiy qadriyatlarini yengil va sodda tilda ifodalaydi. Kichkina shahzoda bir sayyoradan ikkinchisiga sayohat qilib, har bir joyda turli xil qiziqarli va dars beruvchi personajlar bilan uchrashadi. Asar shu paytgacha turli tillarda umumiy hisobda 140 million nusxada sotilgan
Margaret Mitchell. Shamollarda qolgan hislarim
Bu asar Amerikaning Fuqarolar urushi va tiklanish davrida yashagan qahramon ayol – Skarlett O‘Xaraning hayoti haqida hikoya qiladi. Skarlett o‘zining qat’iyati, qiyinchiliklarga bardosh berishi va o‘z maqsadi yo‘lida hech narsadan qaytmasligi bilan o‘quvchilarning e’tiborini tortadi. Roman sevgi, urush va insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi haqida chuqur ma’noga ega. Ushbu asar 130 million nusxada sotilgan.
Joan Rouling. Garry Poter
“Garri Potter” asari Garri ismli sehrgar bolaning Xogvarts sehrgarlik maktabidagi sarguzashtlarini hikoya qiladi. Asarda do‘stlik, jasorat, oila va yaxshi bilan yomon o‘rtasidagi kurash tasvirlanadi. Roman qahramonlarning o‘sishi, sehrli olamning hayratlanarli ko‘lami va hissiyotlarga boy voqealari bilan o‘quvchilarni o‘ziga tortadi. Bu asar fantastika janrining yangi davrini boshlab, adabiyot va kino tarixida ulkan iz qoldirgan. Kitob o'rtacha 107 million nusxada sotilgan.
Agata Kristi. Ular o‘nta edi (o‘nta negr bolasi)
Dunyodagi eng mashhur detektiv romanlardan biri bo‘lgan ushbu asar sirli orolda sodir bo‘lgan qotilliklar haqida hikoya qiladi. O‘nta kishi orolga taklif etiladi va ularning har biri o‘z gunohi uchun jazolanadi. Roman murakkab syujet, aql bovar qilmas burilishlar va kutilmagan yakun bilan o‘quvchini o‘ziga rom qiladi. Asar 100 million nusxadan ortiq sotilgan.
Den Braun. Da Vinchi siri
Bu zamonaviy triller qadimiy san’at, din va sirli tashkilotlar atrofida qurilgan. Robert Langdon va Sofi Neveu sirli kodlarni yechib, haqiqiy haqiqatni ochishga harakat qilishadi. Roman sir-sinoat va tarixiy faktlarning nozik uyg‘unligi bilan mashhur bo‘lgan. Ushbu asar keng jamoatchilikda katta bahs-munozaralar uyg‘otib, zamonaviy bestsellerga aylangan. Asar jahonning 44 tiliga tarjima qilingan bo'lib bugungi kunga qadar butun dunyo bo'ylab 85 milliondan ortiq nusxada sotilgan
Napoleon Xill. O‘yla va boy bo‘l
Napoleon Xillning muvaffaqiyatga erishish va boylikka ega bo‘lish bo‘yicha ruhiy va amaliy maslahatlarni o‘z ichiga olgan ushbu klassik qo‘llanmasi 75 million nusxada sotilgan.


