1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Bavariya” Levandovskiga o‘rinbosar topdi

Klub “Napoli” hujumchisini sotib olmoqchi.

“Bavariya” Levandovskiga o‘rinbosar topdi

 

“Bavariya” hujumchi Robert Levandovskining o‘rniga o‘rinbosar qidirishni davom ettirmoqda . Klub futbolchiga muqobil variant sifatida “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhenni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Corriere dello Sport”  nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” “Napoli”ga 23 yoshli nigeriyalik futbolchi uchun so‘rov yuborib bo‘lgan. Italiya klubi Osimhenni 100-110 million yevroga baholamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osimxenga ingliz klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Transfermarkt portali Viktor Osimhenning narxini 60 million yevroga baholamoqda. Futbolchining “Napoli” bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. 2021/2022 yilgi mavsumda nigeriyalik futbolchi jamoa safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика