AQSH prezidenti Jo Bayden bilan yana bir kulgili voqea yuz berdi. Janubiy Karolina shtatida nutq so‘zlayotganda, u kutilmaganda oyog‘i bilan minbarni tepishni boshladi.
Nutqi davomida Bayden bir necha bor minbarni tepdi. Keyin u yig‘ilganlarga orqa o‘girdi va boshqa tomondan shu ishni takrorlad.
"Agar men nima tepayotganimga qiziqsangiz, men shohsupani tepyapman. Bu ishlamaydi", - deya izoh berdi siyosatchi.
Shundan so‘ng prezident hazil tariqasida shohsupaga chiqsa, bundan ham yuqori bo‘lishini aytdi. Iyun oyining oxirida Bayden jonli efir vaqtida kutilmaganda joyini tark etgandi. Bu boshlovchi siyosatchiga intervyu uchun minnatdorchilik bildirganidan keyin sodir bo‘lgan.


