1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bishkekda 21 kishi shaurmadan zaharlandi

Shifoxonaga yotqizilganlar orasida bolalar ham bor.

Bishkekda 21 kishi shaurmadan zaharlandi

 

Bishkek shahrida Shu shoh ko‘chasi va Suyinbayev ko‘chasi kesishmasida joylashgan “Besh lavash” va “Midos” ovqatlanish shoxobchalarida shaurma bilan zaharlanish holati qayd etildi.

 

Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ommaviy zaharlanish oqibatida 21 kishi jabrlangan. Respublika yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga 15 kishi yotqizildi. Ularning 2 nafari bolalardir. Qolgan 6 nafari ambulator davolanmoqda.

 

“Tekshiruv davomida sanitar-mikrobiologik tadqiqotlar uchun tayyor shaurma namunalari, ingrediyentlar va surtmalar olindi”, — deyiladi xabarda.

 

Aniqlangan qoidabuzarlik uchun mazkur oshxona jarimaga tortildi va qoidabuzarlik bartaraf etilgunga qadar yopildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика