Rossiya va Afg‘onistonning boshqa qo‘shnilari “Tolibon”ni tan olish bo‘yicha kutish pozitsiyasini qo‘llamoqda.
Bu haqda Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin maʼlum qildi.
U “Tolibon” 15 yildan so‘ng hokimiyatni qayta qo‘lga kiritganini, endilikda boshqa din vakillariga nisbatan toqatli bo‘lish, giyohvand moddalar yetishtirishga qarshi kurash, radikal va terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlamaslikka vaʼda berganini taʼkidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston qo‘shnilari — Rossiya, Xitoy, Iran va turkiya vaziyatni kuzatmoqda. "Toliblar o‘zining ijobiy tomonga o‘zgarganini amaliy qadamlar bilan isbotlashi kerak", — degan Narishkin.
Maʼlumot o‘rnida: Hozirda “Tolibon” hokimiyati biror-bir davlat tomonidan tan olinmagan. Shu bilan birga u bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Toliblar Afg‘onistonda ayni paytda real qudratga ega.
Mamlakatdagi gumanitar inqiroz yana-da chuqurlashmasligi uchun muloqot olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Mozori-Sharifdagi konsulxonasini qayta ochishini maʼlum qilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev


