1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga yuborilmoqda

Qoyatoshlar orasida qisilib qolgan jasadni kuchli suv to‘lqini sabab olib chiqish imkoni bo‘lmayotgan edi.

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga yuborilmoqda

7 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ukrainalik qizni qutqarishga urinish paytida suv ostidagi qoyalar orasida qolib halok bo‘lgandi.

 

Hozirda marhumning jasadi qutqaruvchilar tomonidan chiqarilgan. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi jasadni vataniga qaytarish ishlarini olib bormoqda.

 

Elchixona tomonidan marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, yosh yigit qutqaruv chog‘ida kuchli to‘lqinlar taʼsirida nazoratni yo‘qotgan va suv ostidagi yirik qoyalarga qisilib qolgan. Shundan so‘ng uning jasadini olib chiqish ishlari olib borilayotgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика