1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada o‘qituvchi o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

Chet tilidan B2 sertifikati yo‘qligi uchun ishdan bo‘shatish bo'yicha bosim sabab o‘qituvchi o‘zini osgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Farg‘onada o‘qituvchi o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘onada bir ayol o‘qituvchi o‘zini osib qo‘ydi...” mazmunida tarqatilgan xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

 

Xabarda ayol “chet tilidan B2 sertifikati yo‘qligi sababli ishdan bo‘shash bosimi ostida qolgan” degan iddaolar keltirilgan.

 

O‘rganish natijasida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bunday holat aniqlanmadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.

 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, har bir shaxs axborotni izlash, olish, uzatish va undan foydalanish huquqiga ega. Biroq, asossiz ma’lumotlarni tarqatish, shu orqali kimningdir sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazish yoki tashkilot va korxona nufuziga zarar keltirish fuqarolik, ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan har qanday ma’lumotni tekshirilmagan holda tarqatmaslikka chaqiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика