2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 million 612,7 mingta avtomobil ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 441,5 ming donaga ko‘p, deya xabar bermoqda Statistika qo‘mitasi.
Avtoparkning 93 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi — 4 million 289 ming dona. Shuningdek, respublikada 302,6 ming yuk avtomobili, 7,7 ming mikroavtobus, 7,3 ming maxsus avtomashina va 6,1 ming avtobus mavjud.
2025-yil 1-aprel holatida 4 million 522,1 ming avtomobil qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Shunday qilib, ikki oy ichida avtomobillar soni qariyb 100 ming donaga oshgan.


