1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Marhum bloger Asad Algoning ukasi mashina tomida salyut uchirib, 7 sutkaga qamaldi

Haydovchi esa 1 yilga transport boshqarish huquqidan mahrum qilingan.

Marhum bloger Asad Algoning ukasi mashina tomida salyut uchirib, 7 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida fuqaro mashina ustida pirotexnika vositalaridan foydalangani aks etgan video tarqalgandi. Holatga viloyat IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida haydovchi va qoidabuzar shaxs aniqlangan. Haydovchiga nisbatan yo‘lovchining hayotini xavfga qo‘ygani sababli Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-10-moddasi, yaʼni yo‘l bezoriligi bo‘yicha, yo‘lovchiga esa jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaganligi, jamoat tartibini buzganligi hamda pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalangani sababli 183- va 185-1-moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ishga doir hujjatlar Yuqori Chirchiq tuman sudiga yuborilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qarori bilan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Maʼmuriy kodeksning tegishli moddalarida aybli deb topilib, 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, transport vositasi haydovchisiga 1 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish va BHMning 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика