Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatida sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar arafasida 7 nafar nomzod hayotdan ko‘z yumdi. Bu holat jamoatchilik e’tiborini tortib, turli savollarni keltirib chiqardi. Bu haqda Euro News xabar qildi.
Vafot etganlarning yetti nafari “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasidan bo‘lgani sababli ayrimlar buni fitna ehtimoli sifatida baholamoqda. Mahalliy nashrlar yozishicha, aynan shu partiya vakillarining o‘limi ko‘proq shubha uyg‘otmoqda.
Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat vakillari bu voqealarda hech qanday g‘alati jihat ko‘rmaganini bildirishdi. Ularning ta’kidlashicha, saylov oldidan nomzodlarning vafot etishi kamdan-kam bo‘lsa-da, uchrab turadigan holat, biroq bu safargi o‘limlar soni odatdagidan yuqori.
Politsiya xabariga ko‘ra, hozircha to‘rt nafar nomzodning tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgani aniqlangan. Qolgan holatlar bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.


