1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniya suv osti kemalarida rus josuslik qurilmalari aniqlandi

Qurilmalarning bir nechtasi qirg‘oqqa chiqib qolgan.

Britaniya suv osti kemalarida rus josuslik qurilmalari aniqlandi

Buyuk Britaniya qirg‘oqlari yaqinida Vanguard sinfidagi yadroviy suv osti kemalarini kuzatishga mo‘ljallangan rus datchiklari topildi. Ularning bir nechtasi qirg‘oqqa chiqib qolgan bo‘lsa, ko‘pchiligi mina qidiruvchi kemalar tomonidan aniqlangan. London bu holatni milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholadi.

 

Xabarlarga ko‘ra, ayrim rossiyalik oligarxlarning superyaxtalari ham razvedka maqsadida ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Bu yaxtalar suv osti kuzatuv uskunalarini yashirincha joylashtirish yoki yig‘ib olish imkoniga ega bo‘lgan. 2018-yilda Britaniya harbiy kemasi Limassol portini aynan shunday yaxtaga yaqinlashuv sababli tark etgan.

 

Tadqiqotda, shuningdek, ruslarning suv osti dronlari haqida ham ma’lumot keltirilgan. 2020-yilda ularning bir nechtasi London yaqinidagi muhim aloqa kabellari yonida topilgan. Britaniya Mudofaa vazirligi ularning maqsadi aloqalarni izdan chiqarish bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика