1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniya Ukrainaga harbiy yordamini kuchaytirishini ma’lum qildi

Biroq, London Rossiya chegarasi yaqinida askarlarini joylashtirmasligini bildirdi.

Britaniya Ukrainaga harbiy yordamini kuchaytirishini ma’lum qildi

Buyuk Britaniya Ukrainani himoya qilish maqsadida o‘z qurolli kuchlarini mamlakatning havo va dengiz hududiga yo‘naltirishga tayyor. Biroq London Rossiya bilan to‘qnashuv chizig‘i yaqinida britan harbiylarining ishtirokini istisno qilmoqda. Bu haqda The Guardian hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Toni Radakin 20-avgust, chorshanba kuni AQShning Pentagonida ushbu pozitsiyani taqdim etadi. U yerda u amerikalik hamkasblari va 30 ga yaqin davlat vakillaridan iborat “istovchilar koalitsiyasi” bilan uchrashuvlarda qatnashib, Ukrainaga milliy xavfsizlik borasida majburiyatlarni belgilash hamda urushdan keyingi tartibga solish masalalarini muhokama qiladi.

 

Kutilishicha, Radakin Britaniya harbiylarini logistika va ukrainalik askarlarni tayyorlash jarayoniga jalb etishga tayyorligini tasdiqlaydi, biroq ularni Rossiya kuchlariga yaqin hududlarda joylashtirish ko‘zda tutilmagan.

 

Dastlab Ukrainaga 30 ming askarni yuborish rejalashtirilgan edi, biroq ayrim Yevropa mamlakatlarining e’tirozlaridan so‘ng bu rejalar qayta ko‘rib chiqilgani aytilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика