Afg‘onistonning Hirot viloyatida avtobus, mototsikl va yuk mashinasi ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 71 nafar fuqaro halok bo‘lib, ular orasida 17 nafar bola ham bor deydi RBK nashri.
Hodisa yuzasidan mahalliy ma’muriyat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv boshladi. Hirot viloyati politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, avariya avtobus haydovchisining tezlikni oshirishi va yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, avtobusda yaqinda Erondan deportatsiya qilingan qochqinlar bo‘lgan.


