Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sekundiga 10 gigabit (10G) gacha tezlikka ega simli internetni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushirildi. Bu haqida mahalliy nashrlar yozmoqda.
Maʼlum qilinishicha, loyiha Huawei Technologies Kazakhstan va Astana Innovations AJ o‘rtasida AKT infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda. Tashabbus Ostona hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar 10G PON texnologiyasi va uning afzalliklari bilan tanishtirildi, shuningdek, yangi avlod uskunalari: optik terminallar, zamonaviy OLT va Wi-Fi standarti 7 namoyish etildi.
Demo zonada mehmonlar ulanish tezligini shaxsan o‘lchash va xizmatlar barqarorligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tarmoq sinovlari sekundiga 9490 megabitgacha yuklash tezligini ko‘rsatdi, bu resurs talab qiluvchi xizmatlarning barqaror ishlashi uchun yetarli.


