1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyaning Nature jurnali O‘zbekiston bo‘yicha ma'lumotlardagi xatolik sabab shov-shuvli maqolasini bekor qildi

Tadqiqotda qo‘llangan noto‘g‘ri iqtisodiy ma’lumotlar global prognozlarga jiddiy ta’sir qilgani aniqlangan.

Britaniyaning Nature jurnali O‘zbekiston bo‘yicha ma'lumotlardagi xatolik sabab shov-shuvli maqolasini bekor qildi

Britaniyaning Nature ilmiy jurnali O‘zbekiston bo‘yicha qo‘llangan ma’lumotlarda aniqlangan noaniqliklar tufayli iqlim o‘zgarishining iqtisodiy oqibatlari haqidagi muhim tadqiqotni bekor qildi. Mazkur tadqiqot 2024-yil aprel oyida chop etilgan bo‘lib, unda asr oxiriga kelib iqlim o‘zgarishidan ko‘riladigan iqtisodiy zarar avval taxmin qilinganga nisbatan ancha yuqori ekani ta’kidlangan edi. Mazkur xulosalar xalqaro OAVda keng tarqalgan va hatto markaziy banklar tomonidan risklarni baholashda foydalanilgan.

 

Bir guruh iqtisodchilar O‘zbekiston bo‘yicha qo‘llangan 1995–1999 yillardagi iqtisodiy ma’lumotlarda jiddiy noaniqliklar borligini aniqlagach, maqolaga izoh berish va uni qaytarib olish zarurligi yuzaga kelgan. Tadqiqotdan O‘zbekistonni chiqarib tashlagan holda qayta hisob-kitob qilinganda, 2100-yilga borib global YaIMning pasayishi prognozi 62 foizdan 23 foizgacha kamaygani ma’lum bo‘ldi. Nature jurnali 3-dekabr kuni bergan rasmiy bayonotida aynan shu tafovut maqolaning bekor qilinishiga asos bo‘lganini bildirdi.

 

Tadqiqotga Germaniyadagi Potsdam iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tadqiqot instituti olimlari — iqtisodchi Leoni Vents va ilmiy xodim Maksimilian Kotts — boshchilik qilgan. Ular iqlim o‘zgarishining iqtisodiy ta’sirini aniqroq baholash uchun yangi metodlar ishlab chiqib, ayrim davlatlargagina emas, balki kichikroq hududlar — masalan, shtat va viloyatlar miqyosidagi ma’lumotlarni ham qo‘llagan. Shuningdek, faqat harorat emas, balki yog‘ingarchilik va ekstremal issiq davrlar kabi ko‘plab omillar ham hisobga olingan.

 

2025-yil avgust oyida Stenford universiteti professori Solomon Syang boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi ushbu ishga sharh e’lon qilib, aynan O‘zbekiston bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar Potsdam olimlarining xulosalarini keskin buzganini ta’kidladi. Syangning aytishicha, global YaIMning 2100-yilgacha 20 foizga qisqarishi o‘zi ham juda yirik ko‘rsatkich bo‘lsa-da, tadqiqotda aytilgan 60 foizlik pasayish “mutlaqo real chegaralardan tashqarida” bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика