1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bryusselda fermerlar ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazmoqda

Fermerlar YI–Mercosur savdo kelishuviga qarshi chiqib, teng raqobat va byurokratiyani qisqartirishni talab qilmoqda.

Bryusselda fermerlar ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazmoqda

 

Yevropa Ittifoqi sammiti o‘tkazilayotgan Bryussel shahrida minglab fermerlar norozilik namoyishi bilan chiqdi. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, shaharning Yevropa kvartali qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan deyarli to‘sib qo‘yilgan, markaziy ko‘chalarda yuzlab traktorlar jamlangan.

 

Reuters agentligining xabar berishicha, namoyish avj olganidan so‘ng politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan. Ayrim namoyishchilar politsiya tomon tosh va kartoshka uloqtirgan, binolarning oynalariga shikast yetgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tartibsizlik kuchaygan paytda ayrim ishtirokchilarni hibsga olishga uringan.

 

Ma’lum qilinishicha, politsiya dastlab 50 ta traktor ishtirokidagi aksiya uchun ruxsat bergan, biroq kunning birinchi yarmiga kelib Bryusselga taxminan mingta traktor yetib kelgan. Namoyishchilar soni 7 ming nafar atrofida baholanmoqda. Fermerlar Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvayni o‘z ichiga olgan Mercosur davlatlari bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan savdo kelishuvi Yevropa bozoriga arzon mahsulotlar oqimini kuchaytirib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazishidan xavotir bildirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика