1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat erta ketishlari mumkin

Qurbon hayitining birinchi kuni rasmiy dam olish kuni hisoblanadi.

Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat erta ketishlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida kundalik ish (smena) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

 

Ertaga, 6-iyun — juma kuni, Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘lib, u rasmiy dam olish kuni hisoblanadi. Bugun esa Arofa kuni.

 

Demak, bugun ishga chiqqan barcha xodimlar ishni 1 soat oldin tugatish huquqiga ega.

 

Bayram oldidan ish davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlab turadigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlangan vaqt kompensatsiya qilinadi — ya’ni xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti beriladi yoki u rozi bo‘lsa, ortiqcha ish uchun belgilangan tartibda haq to‘lanadi.

 

Dam olish kunlari quyidagicha:

 

6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;


7-iyun (shanba) — 5 kunlik ish haftasi uchun odatiy, 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;


8-iyun (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

 

9-iyun (dushanba) — barcha uchun ish kuni hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика