8-dekabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kun davomida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5° iliq, kunduzi esa 5–7° iliq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik asosan kutilmaydi, lekin ba’zi hududlarda tuman kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 2–7° sovuqdan 5° iliqqacha, kunduzi 3–13° iliq atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shamol 7–10 m/s tezlikda esadi.
Tog‘ va tog‘oldi hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir hamda qor yog‘adi. Kuchli yog‘ingarchilik yuz berishi ehtimoli mavjud. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan. Harorat kechasi 1–6° sovuq, kunduzi 0–5° iliq oralig‘ida bo‘ladi.


