1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda gaz portlashi oqibatida er-xotin vafot etdi

Shuningdek, oilaning ikki qizi kuyish jarohatini olgan.

Buxoroda gaz portlashi oqibatida er-xotin vafot etdi

Shu yilning 17 noyabr kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi qishloqlardan biridagi oilada gaz portlashi yuz berdi. Baxtsiz hodisa erta tongda – 5:30 lar atrofida sodir bo‘lgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida oilaning 4 nafar aʼzosi: er-xotin va ularning ikki nafar qizi kuyish jarohatini olib, RSHTYOIM Buxoro filialiga olib borilgan. Ota va ona 75 foizdan yuqori kuyish jarohatlari oqibatida vafot etgan. Qizlarning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Oilaning yana 2 nafar o‘g‘il farzandi jarohat olmagan.

 

Holat yuzasidan FVV va "Hududgaztaʼminot" matbuot xizmatlari bilan bog‘landik. Ular holatni o‘rganib, rasmiy izoh berishini maʼlum qildi.

 

Maʼlumot uchun: joriy yilning 11 oyida 82 kishi is gazidan zaharlanib vafot etgan. Gaz bilan bog‘liq 74 ta baxtsiz hodisa oqibatida yana 80 kishi jarohatlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика