Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyatidagi 6-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bola kaltaklangani aytilgan xabarlar tarqalmoqda.
Xabarlarda bolaga tarbiyachi tomonidan urib, jarohat yetkazilganligi yozilgan.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan tezkor o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar jarayonida kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilganda, tarbiyalanuvchi ehtiyotsizligi tufayli yuvinish xonasi eshigiga urilib ketib, bosh qismi jarohatlanganligi maʼlum bo‘lgan.


