1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Xitoy, Rossiya, Turkiya va Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim o‘z kuchida qoladi.

Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya hukumati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun amalda bo‘lgan vizasiz rejimni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur tartib 2025-yil 29-oktabrdan boshlab kuchga kiradi.

 

Yangi qarorga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston, Armaniston, Quvayt va Misr fuqarolari Chernogoriyaga safar qilishdan avval viza rasmiylashtirishi talab etiladi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu chora Chernogoriyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik yo‘lida viza siyosatini Yevropa Ittifoqi standartlariga moslashtirish jarayonining bir qismi sifatida qabul qilingan.

 

Shu bilan birga, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Ozarbayjon fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibi avvalgidek saqlanib qoladi. BAA fuqarolari esa mamlakatga mavsumiy cheklov asosida kirishlari mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari 2023-yil iyunidan boshlab Chernogoriyaga qisqa muddatli sayohatlar uchun vizasiz borish huquqiga ega edilar.

 

O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2008-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, shu davr mobaynida ikki davlat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanib kelmoqda.

 

So‘nggi yillarda tomonlar turizm, ta’lim, transport va investitsiya yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirmoqda. Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun mashhur Yevropa sayyohlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика