Oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda davlat rahbari yana bir tashabbusni ilgari surdi.
“Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy taʼlimda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yana-da kengaytiramiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Bu davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.


