1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Darband” postidagi tarozi hokim qarindoshiniki emas

Surxondaryo hokimligi “Darband” postidagi tarozi hokim qarindoshiga tegishli degan xabarlarni rad etdi.

“Darband” postidagi tarozi hokim qarindoshiniki emas

Surxondaryo viloyati hokimligi “Darband” yo‘l-patrul postida o‘rnatilgan yuk tarozisi hokimning qarindoshiga tegishli ekani haqidagi xabarlarni rad etdi.

 

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu ma’lumotlar yuzasidan hokimlik rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, M–39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1326-kilometrida joylashgan “Darband” postidagi “Tenso M VA–20P” rusumli yuk tarozisi davlat muassasasiga — Boysun tumani Yo‘llardan foydalanish korxonasiga tegishli.

 

Mazkur uskuna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ–330-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarorlariga muvofiq o‘rnatilgan bo‘lib, u yo‘l infratuzilmasini saqlash, transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash hamda og‘ir yuk tashish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

 

Shu bois, tarozi hokimning qarindoshiga tegishli ekani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va mutlaqo asossizdir, deyiladi hokimlik bayonotida.

 

Shuningdek, hozirda “Darband” postidagi nazorat jarayonlari Ichki ishlar boshqarmasi va Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan doimiy monitoring ostiga olingan. Tekshiruvlar davomida ayrim haydovchilar og‘irlik nazoratidan qochish maqsadida sun’iy tirbandliklar hosil qilgani aniqlangan. Shu bilan birga, me’yordagi yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari nazoratdan erkin o‘tmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика