1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda o‘zboshimchalik bilan qurib olingan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 640,0 kvadrat metr maydonni noqonuniy egallab olgan.

Xorazmda o‘zboshimchalik bilan qurib olingan bino buzdirildi

Majburiy ijro byurosining Urganch tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan Urganch tumani, G‘oybu qishlog‘i, “Cho‘lobod” mahallasi hududida javobgar M. Atajanova tomonidan noqonuniy egallangan 640,0 kv.metrga yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilma javobgar M. Atajanova hisobidan bartaraf qilish va yer maydonini o‘z holiga keltirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 21.12.2023 yil kuni kelib tushgan.

 

Ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor noqonuniy qurilgan qurilmani buzmagan.

 

Olib borilgan ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan mazkur ijro varaqada belgilangan noqonuniy qurilgan qurilmani majburiy tartibda buzdirilib, ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика