1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston aholisi 9 oyda banklarga 15 milliard dollardan ortiq valyuta sotdi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xorijdan kelayotgan pul o‘tkazmalari 24 foizga oshdi.

O‘zbekiston aholisi 9 oyda banklarga 15 milliard dollardan ortiq valyuta sotdi

Markaziy bank 2025-yilning yanvar–sentabr oylariga oid ichki valyuta bozori tahlilini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyida jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga 15,2 milliard AQSh dollari sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 baravar ko‘p.

 

Shuningdek, shu davrda aholining banklardan sotib olgan xorijiy valyutasi miqdori 8,5 milliard dollarni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 23 foizga oshgan. Talab va taklif o‘rtasidagi tafovut 6,7 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,4 baravar yuqori.

 

Markaziy bank tahliliga ko‘ra, xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi ham sezilarli darajada oshgan — 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 13,9 milliard dollar miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga ko‘p.

 

Mazkur mablag‘lar aholining banklarga xorijiy valyuta sotish hajmining oshishida asosiy manba sifatida qayd etilmoqda.

 

Valyuta kursi bo‘yicha tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yil boshidan dollarning so‘mga nisbatan almashuv kursi 6,4 foizga mustahkamlangan, shu bilan birga kurs tebranuvchanligi ikki barobarga oshgan.

 

Mutaxassislar milliy valyuta barqarorligiga eksport hajmining ortishi, xorijiy investitsiyalar oqimi, pul o‘tkazmalari va kreditlar kanali orqali kirib kelayotgan valyuta miqdorining ko‘paygani hamda import hajmining muvozanatlashgani asosiy omil bo‘layotganini ta’kidlashmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика