Bu haqda “Footmercato” nashri xabar berdi. Maʼlum bo‘lishicha, fransiyalik futbolchi hali yangi kelishuvning barcha tafsilotlari bo‘yicha jamoa bilan kelishib olgani yo‘q, biroq u ketishni istamayapti.
Maʼlumot o‘rnida: Dembele 2017 yildan buyon “Barselona”da to‘p surib kelmoqda. Hujumchi o‘sha yili Dortmundning “Borussiya” klubidan 135 million yevro evaziga kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermark portali hozirda Dembelini 50 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Ispaniya La Ligasida Dembele beshta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, Tomas Tuxel “Barsa”ning takliflariga qarshi chiqqani va kataloniyaliklar transferlar uchun mablag‘ izlayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


