1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Denovda Cobalt va Lacetti YTHga uchradi

Oqibatda haydovchilarning ikkalasi ham vafot etgani aytildi.

Denovda Cobalt va Lacetti YTHga uchradi

 

Bugun, 30-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov shahrida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.

 

Hodisa Denov shahri “Jomiy” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida, Sariosiyo–Denov yo‘nalishida yuz bergan. 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Cobalt avtomashinasida o‘zidan oldinda ketayotgan Moskvich va Lacetti‘ni noto‘g‘ri quvib o‘tishi jarayonida 24 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

 

YTH oqibatida ikkala avtomashina haydovchilari olgan tan jarohati sababli Denov shahar shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.  Yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etganlar yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика