2-mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Qorabog‘” mahallasida yashovchi fuqaro Bahrom Abdimo‘minov ariq qazish jarayonida katta hajmli sopol xum topdi. Bu haqda u viloyat madaniy meros boshqarmasiga xabar bergan.
Uning tarixiylik ahamiyatini o‘rganish va restavratsiya qilish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan xum butunligicha qazib olinib, muzeyga olib kelingan.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda. Olimlar tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.


