1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

«Dok-1 Maks» laboratoriya tekshiruvidan o‘tmagan

Bu haqda ayblanuvchilardan biri maʼlum qildi.

«Dok-1 Maks» laboratoriya tekshiruvidan o‘tmagan

 

65 nafar o‘zbekistonlik bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan «Dok-1 Maks» siropi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda laboratoriya tekshiruvidan o‘tmagani aniqlandi

 

Bu haqda 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida so‘z olgan sudlanuvchilardan biri G.S. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda 12 yildan beri faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, faoliyati davomida biror marta qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan doriga laboratoriya sinovlari o‘tkazilganini eslolmasligini bildirdi.

 

Uning aytishicha, «Dok-1 Maks» siropini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida siropdan namunalar olingan bo‘lsa-da, ular laboratoriyadan o‘tkazilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика