O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 82,22 so‘mga pasayib, 12 344,61 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 65,52 so‘mga tushib, 14 501,21 so‘m etib belgilandi.
Funt sterling 55,84 so‘mga arzonlab, 16 778,79 so‘mni tashkil etdi.
Rossiya rubli esa 2,74 so‘mga oshib, 149,70 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 11,25 so‘mga tushib, 1 733,28 so‘m etib belgilandi.
Yapon iyenasi 0,23 so‘mga pasayib, 83,77 so‘mni tashkil etdi.
Qozog‘iston tengesi esa 0,15 so‘mga tushib, 22,83 so‘m etib belgilandi.


