1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bakalavriatga qabul tartibi belgilandi

Yangi nizomga ko‘ra, kirish imtihonlari ikki bo‘limdan iborat bo‘ladi.

Bakalavriatga qabul tartibi belgilandi

Hukumatning 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat bakalavriatga qabul jarayonini yanada shaffof va tartibli qilishga qaratilgan.

 

Yangi tartibga muvofiq, abituriyentlar davlat grantlari, jumladan, Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan ta’lim grantlari asosida hamda Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan umumiy parametrlar asosida qabul qilinadi. Kirish imtihonlari ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan test sinovlari o‘tkaziladi. Ikkinchi bo‘lim esa tanlangan yo‘nalishga mos ikki fandan test yoki kasbiy (ijodiy) imtihonlardan iborat bo‘ladi.

 

Qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 5–25-iyun kunlari abituriyent test topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va hududni tanlaydi. Ikkinchi bosqich esa test yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini belgilashdan iborat bo‘ladi.

 

Abituriyentlarning to‘plagan ballari imtihon o‘tkazilgan kundan keyingi kuni e’lon qilinadi. Talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganlar haqidagi yakuniy natijalar esa ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichi tugagach, bir hafta ichida Bilib va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика