Oliy taʼlimdagi islohotlardan asosiy maqsad O‘zbekistonni mintaqaviy taʼlim va ilm-fan xabiga aylantirish ekani taʼkidlandi.
Masalan, hozirda 4 ta oliygoh dunyodagi TOP-mingtalikka kirgan. Yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi.
Shu bilan birga, oliygohlarimizda xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma taʼlim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi.
Bu maqsadlarga erishish uchun kelgusi yilda 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi o‘tkaziladi.
Xorijlik talabalar soni 5 barobarga oshirilib, taʼlim eksporti 200 million dollarga yetkaziladi.


