1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2026 yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.

2026 yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi

15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot chog‘ida 2026 yil O‘zbekistonda yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘lishini e’lon qildi. Davlat rahbari yoshlar zamonaviy bilim, kasbiy ko‘nikma va xorijiy tillarni o‘zlashtirishlari zarurligini ta’kidladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotiga yiliga 30–35 milliard dollar investitsiya jalb qilinmoqda, minglab yangi korxonalar ish boshlamoqda. Natijada, yiliga 250–300 ming yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etilib, 598 ta texnikumga xalqaro standartlar joriy etiladi.

 

Kelgusi bir yil ichida Germaniya, Shveysariya, Koreya, Xitoy va Britaniya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari 100 ta texnikumda yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, istalgan talabgor texnikumlarda xalqaro malaka imtihonidan o‘tib, xalqaro sertifikat olish imkoniga ega bo‘ladi. Hozirda Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan 14 ta texnikumda “BITEK” dasturi boshlandi.

 

Prezident muloqotida dual ta’lim qamrovi 5 barobar kengaytirilishi, texnikumlardagi xorijiy tillar dars soatlari 4 karra oshirilishi, hamkor korxonalarga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilishi ta’kidlandi. Shuningdek, 2026 yildan texnikum bitiruvchilari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan raqamli platforma ishga tushiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика