1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ellikqal’adagi qizlar janjaliga nima sabab bo‘lgandi?

Hokimlik bunga oydinlik kiritdi.

Ellikqal’adagi qizlar janjaliga nima sabab bo‘lgandi?

 

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida qizlarning janjallashgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirib, hodisaga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

 

Aniqlanishicha, Ellikqal’a tumanida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan voyaga etmagan fuqaro Sh.L. 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z.ning nomidan Instagram tarmog‘ida akkaunt ochib, uning nomidan kirib yurgan. Shu sababli ular orasida janjal kelib chiqqan. 

 

Mazkur holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Ahmedova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari T.Qarlibayeva tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, mahalla xodimlari bilan birgalikda voqea ishtirokchilari hamda ularning ota-onalariga tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilgan. 

 

Janjal yuzasidan Ellikqal’a tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика