1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Hokim oldida 3 mlrd dollar investitsiya jalb qilish, 500 mln dollarlik eksport va 185 ming band aholi uchun ishlash vazifasi qo‘yildi.

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

 

Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatida aholi va tadbirkorlarning farovonligi, zamonaviy bilim olish imkoniyatlari va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarga e’tibor qaratdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda izchil mehnat va strategik rivojlanish bilan yaqinda sezilarli o‘sish kuzatiladi.

 

Sessiyada viloyat hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarayotgan Erkin Turdimov nomzodi tavsiya qilindi. Viloyat faollarining fikri tinglangach, ovoz berish natijasida Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi sifatida tasdiqlandi.

 

Yangi hokim oldida quyidagi vazifalar belgilandi:

  • Viloyatga kelgusi yil jami 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish,
  • Eksport hajmini 500 million dollarga yetkazish,
  • 185 ming nafar aholining bandligini ta’minlash,
  • Mahallalar va tadbirkorlar muammolarini tezkor hal qilish orqali iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni rag‘batlantirish.

 

Davlat rahbari hokimdan aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ustuvor qilgan holda viloyatni eng ilg‘or hududlardan biriga aylantirishni so‘radi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика