1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron prezidenti Ibrohim Raisi halok bo‘ldi

Bu haqda Eron manbaalari xabar bermoqda.

Eron prezidenti Ibrohim Raisi halok bo‘ldi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida barcha yo‘lovchilar va ekipaj aʼzolari halok bo‘ldi. Bu haqda Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pir Husayn Kolivand maʼlum qildi.

 

"Halokatga uchragan vertolyotning joylashuvi aniqlanganda, vertolyotda tirik yo‘lovchilarining izlari topilmadi", — dedi u IRIB telekanalida.

 

 

Avvalroq Bortida Eron Prezidenti bo‘lgan vertolyot halokatga uchragani haqida xabar berilgandi. Bortda prezidentdan tashqari Eron tashqi ishlar vaziri Amir Abdullahyon va Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh al-Hoshim bo‘lgan. Ibrohim raisiy Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotgan bo‘lgan. Davlat rahbarlari Aras daryosidagi to‘g‘on ochilishi marosimida ishtirok etgan.

 

Maʼlumot uchun, oliy rahnamo Xomanaiyning roziligi bilan prezidentning vakolatlarini birinchi vitse-prezident Muhammad Moxber o‘z zimmasiga oladi. Eronda yangi prezidentlik saylovlari 50 kun ichida o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика