1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Erondagi norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 500 nafardan oshdi

AQSH zo‘ravonliklar davom etsa, Eronga nisbatan keskin choralar ko‘rishi mumkinligini bildirdi.

Erondagi norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 500 nafardan oshdi

 

Eronda 28-dekabrdan buyon davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 500 nafardan oshdi. Inson huquqlari faollari maʼlumotlariga ko‘ra, hozirga qadar kamida 544 kishi halok bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, qurbonlar orasida 496 nafar namoyishchi hamda 48 nafar xavfsizlik xodimi bor. Shuningdek, 10 600 dan ortiq shaxs hibsga olingan. Faollarning taʼkidlashicha, mamlakat bo‘ylab internet va telefon aloqalarining cheklanishi tufayli real vaziyatni mustaqil baholash qiyinlashgan va qurbonlar soni bundan ham oshishi mumkin.

 

AQSH rasmiylarining Erondagi voqealarga munosabati hozircha ikki yo‘nalishda saqlanib qolmoqda. Vashington zo‘ravonliklar davom etsa, keskin choralar ko‘rilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda, biroq bir vaqtning o‘zida Eron rahbariyati bilan muzokaralar olib borish imkoniyati ochiq qolayotganini bildirgan.

 

AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, uning maʼmuriyati Eronga nisbatan turli variantlarni, jumladan kiberhujumlar hamda AQSH yoki Isroil tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy zarbalar berish ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqda.

 

“Harbiylar bu masalani ko‘rib chiqmoqda va biz juda jiddiy variantlarni tahlil qilyapmiz. Agar ular javob zarbasi bersa, biz bunga ilgari hech qachon ko‘rilmagan darajada javob beramiz”, — dedi Tramp.

 

Eron rasmiylari mazkur qurbonlar soni bo‘yicha hozircha rasmiy tasdiq bermagan. Biroq Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir Qalibaf mamlakatga hujum uyushtirilgan taqdirda AQSHning harbiy inshootlari va Isroilga zarba berilishi mumkinligini maʼlum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика