1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Eynshteynning skripkasi auksionda sotuvga qo‘yildi

Uning boshlang‘ich narxi taxminan 270 ming dollar etib belgilangan.

Eynshteynning skripkasi auksionda sotuvga qo‘yildi

Buyuk fizik Albert Eynshteynning yoshligida ishlatgan birinchi skripkasi Buyuk Britaniyada auksionda sotuvga qo‘yildi. Mazkur noyob musiqa asbobining boshlang‘ich narxi 200 ming funt sterling (taxminan 270 ming dollar) etib belgilangan, yakuniy narx esa 300 ming funtgacha (taxminan 405 ming dollar) yetishi kutilmoqda.

 

Skripka 1894 yilda nemis ustasi Anton Zunterer tomonidan tayyorlangan. U Eynshteynga yoshligida sovg‘a qilingan bo‘lib, fizik uni “Lina” deb atagan. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu skripka Eynshteynning musiqaga bo‘lgan muhabbatini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan.

 

Eynshteyn hayoti davomida musiqani doimo o‘ziga ilhom manbayi deb bilgan. U bir suhbatida shunday degan edi: “Agar men fizik bo‘lmaganimda, albatta musiqachi bo‘lardim.” U ko‘pincha Mozart va Bachning asarlarini ijro etgan, musiqani ilmiy fikrlashdagi uyg‘unlikning ifodasi deb bilgan.

 

Mazkur skripka Eynshteyn Germaniyada yashagan yillarda, natsistlar hokimiyatga kelganidan so‘ng Shveytsariyaga ko‘chganida yashirib qo‘yilgan. Keyinchalik u fizikka yaqin do‘sti Max fon Laue orqali Margarete Hommrich ismli ayolga sovg‘a qilingan. Aynan shu oila uni hozirgacha saqlab kelgan va endi tarixiy artefaktni auksion orqali sotuvga qo‘ygan.

 

Auksion uyi Dominic Winter Austioneers vakillari maʼlum qilishicha, skripkaning saqlanish holati juda yaxshi va u Eynshteynning shaxsiy hayoti hamda musiqiy isteʼdodiga oid kamyob eksponat sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика