1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada haydovchi tartibga solinmagan o‘tish joyida uch o‘quvchini urib yubordi

Hodisa oqibatida bir bola shifoxonaga yotqizilgan, ikki nafariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Farg‘onada haydovchi tartibga solinmagan o‘tish joyida uch o‘quvchini urib yubordi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 16-oktabr kuni tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida uch nafar maktab o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Aniqlanishicha, 27 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-1 rusumli avtomobil Marg‘iloniy ko‘chasida harakatlanayotgan va yo‘lni kesib o‘tayotgan o‘quvchilarga yo‘l bermagan. Natijada to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

 

Hodisa oqibatida bolalardan biri tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, yana ikki nafar jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar haydovchilardan maktablar yaqinidagi yo‘llarda harakatlanishda yanada ogohlikni kuchaytirish, tezlik me’yorlariga qat’iy rioya etish va bolalar xavfsizligini ta’minlashni so‘ramoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика