1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada mast holda jamoat tartibini buzgan ayollar jazolandi

Ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayollar ishi sudga yuborilgan.

Farg‘onada mast holda jamoat tartibini buzgan ayollar jazolandi

 

Farg‘ona shahrida joriy yil 29 noyabr kuni tonggi soat 04:00 larda ikki ayol, 2003 yilda tug‘ilgan M.G‘. va 2004 yilda tug‘ilgan F.O., spirtli ichimlik iste’mol qilib, yashash hududidagi aholini bezovta qilgan. Ularning mast holatda aholi tinchligini buzayotgani mahalla aholisi tomonidan aniqlangan va ichki ishlar organlariga xabar berilgan.

 

Hodisa joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari ayollarni tinchlantirishga uringan, ammo ular xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu harakat ularning jamoat tartibiga nisbatan bepisandligi va mas’uliyatsizligini yaqqol ko‘rsatgan.

 

Mazkur holat yuzasidan M.G‘. va F.O.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ish materiallari sudga yuborildi. Shu bilan birga, aholi tinchligini saqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining chora-tadbirlari samarali amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика