1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada ommaviy janjal: odam pichoqlangan va mashinada bosib ketilgan

Hozirda IIB tomonidan voqeaga aloqador shaxslar ushlangan.

Farg‘onada ommaviy janjal: odam pichoqlangan va mashinada bosib ketilgan

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida avtoturargohda janjal yuz bergani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, joriy yil 1-oktyabr kuni Uchko‘prik tumanidagi avtoshohbekatda 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro I.I. tanishi 1998 yilda tug‘ilgan S.Q. bilan oralarida oldindan mavjud bo‘lgan nizo yuzasidan gaplashib olish  uchun tanishi bilan birga kelib, sovuq qurol yordamida S.Q.ga tan jarohati yetkazishgan.

 

Janjalga S.Q.ning tanishi B.M. aralashib, o‘zining Equinox avtomashinasida M.A.ni bosib ketgan. Oqibatda S.Q. va M.A.lar shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voqeaga aloqador shaxslarni ushlash chorasi ko‘rilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика